Qarshi davlat universiteti
180119, Qarshi shahri
Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
Fakultetimiz xalqaro ilmiy va ta’limiy hamkorlikni kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Ayniqsa, Turkiya davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz. Jumladan, Marmara Universiteti va Çanakkale Onsekiz Mart Universiteti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Ushbu universitetlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, hamda qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish kabi ko‘p qirrali faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan muhim ilmiy va ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik o‘rnatilgan. Jumladan, Tojikiston pedagogika instituti (Panjikent shahri) va Rossiyaning Nejegorod davlat lingvistika universiteti bilan ham doimiy aloqalarimiz mavjud. Ushbu hamkorlik doirasida ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va seminarlar tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday xalqaro hamkorlik fakultetimizning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ilmiy va ta’limiy tajribalarni o‘zlashtirish, shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchilarni keng xalqaro maydonda faoliyat olib borishga tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Hamkor universitetlar bilan ilmiy aloqalarimiz doimiy ravishda rivojlanib, xalqaro standartlarga mos sifatli ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.