Kafedra tarixi
“O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bo‘lib, 1993-1997 yillarda professor O.Jo‘raqulov, 1997-2006 yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013 yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi. 2014-yilda “O‘zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralari birlashtirilib, Tarix kafedrasi tashkil etildi. Qarshi davlat universiteti rektorining 2018-yil 3-dekabrdagi 565-X sonli buyrug‘iga asosan Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi negizida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi qaytadan tashkil etildi. 2018-yil 3-dekabrdan 2020-yil fevralgacha t.f.d, professor A.Hasanov, 2020-yil martdan 2025-yil martgacha t.f.d, professor M.To‘rayeva, 2025-yil aprel oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimini t.f.f.d, dotsent A. Achilov davom ettirib kelmoqda. “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida 1993-yildan boshlab tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada viloyatdagi ijtimoiy rivojlanishda tarixchi mutaxassislarga nisbatan ehtiyojning ortib borayotganligini nazarda tutgan holda, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishida ham tarixchi mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Bundan tashqari kafedrada 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, magistr talabalar bevosita kafedradagi professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbarligi ostida Respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy jurnallarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
2024 yil 20-21- may kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan “Jahon sivilizatsiyalari tizimida O’zbekiston tarixi va madaniyati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qator darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar nashr etildi. Jumladan, kafedra professori B.Eshov O’zbekiston tarixi 1-2 qismlari, professor A.Hasanov O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Tarixiy o’lkashunoslik, tarix fanlari doktori M.To’rayeva O’zbekistonning janubiy hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy madaniy jarayonlarning dolzarb masalalari, dotsent M.Qodirova., Sh. To’rayevlar tomonidan O’zbekiston tarixi nomli darsliklar nashr ettirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining xalqaro va respublika miqyosida ilmiy maqolalari chop etilgan. Jumladan, ular xalqaro anjumanda 34 ta maqola, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 30 ta maqola va milliy ilmiy jurnallarda chop etilgan 42 ta maqola bilan ishtirok etdilar.
"1. Turkiya davlati Marmara universiteti
2. Turkiya davlati Chanaqal’a O’n sakkizinchi mart universiteti
3. Panjikent shahridagi Tojikiston pedagogika instituti
4. Qarshi shahar Xalqaro innovatsion universiteti
5. Qarshi shahar Turon universiteti
6. Qarshi shahar Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
7. Qarshi shahar Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
8. Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi
9. Qashqadaryo viloyat Madaniy meros boshqarmasi"