Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 17-sentabrdagi 9/2-sonli qarori hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2006-yil 4-dekabrdagi 253 X - sonli buyrug‘iga muvofiq Ma’naviyat asoslari kafedrasi ba’zasida “Millliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 2018-yilda universitet rektorining buyrug‘i bilan kafedra nomi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari” bilan almashtirilgan.
"Dotsent M.Raxmonova muallifligida: 2024-yilda “Dinshunoslik” o’quv qo’llanmasi hamda 2022-yilda “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi: xalq dostonlari, xalq tomosha san’ati, xalq o‘yinlari” monografiyasi chop ettirildi.
Dotsent A.Erkayev muallifligida: “O‘zbekiston yo‘li”. – T. 2017-y.; “Ma’naviyatshunoslik”. 2 tomlik – T. 2018-y.; “O‘zbekiston yo‘li (yangi taxrir).” – T. 2021-y.; “Tafakkur erkinligi” –T. 2021-y. monografiyalari, “Yangi O‘zbekiston mo‘ljal uchinchi renessans” –T. 2021-y.; “Abdulla Oripov daholari”-T. 2021-. kabi ilmiy ishlar chop ettirildi.
Dotsent A.Yoqubov muallifligida: 2024 - yilda “Ta’lim huquqi” darsligi, 2019-yilda “Diniy ekstremizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” va 2023-yilda “Ta’lim huquqi” o‘quv qo‘llanmalari chop etildi.
Dotsent A.Ro‘ziyev muallifligida: 2023-yilda ""Tarbiya"" darsligi, 2022-yilda “Tarbiya” o‘quv qo‘llanmasi va 2023-yilda “Yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash omillari” monografiyasi chop ettirildi.
Dotsent D.Sunatov muallifligida: 2023-yilda “Madaniy makon va axloqiy ong dialektikasi” monografiyasi, 2024-yilda “Axloqiy tushuncha va axloq elementlarining shaxs tarbiyasidagi ahamiyati” nomli monogarafiyasini chop ettirildi.
Dotsent J.Boysunov muallifligida 2023-yil “O’zbekistonda yoshlar ma’naviy madaniyatidagi o’zgarishlar va muammolar” nomli monogarafiyasini chop ettirildi.
Tadqiqotchilar:
Tadqiqotchi Sh.Boybekova 2025-yil 1-Martda “Ma’naviy qadriyatlar –ijtimoiy barqarorlik omili” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoyasidan muvaffaqiyatli o’tdi.
Fayzullayeva Xurshida Qo‘yliyevna ""Bo'lajak san'at va madaniyat xodimlarida ijtimoiy-madaniy kompitentlikni rivojlantirish texnologiyasi"",
Do’styorova Sadoqat Norsubxonovna “Yangi O’zbekistonda shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari bo‘yicha tadqiqotchilar ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar."
Kafedra O‘zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi TDPU, TDYUU, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi, Toshkent Islom universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.