Falsafa va sotsiologiya

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

Kafedra 1964 yilda falsafa kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Unga T.Jovliyev, O.Ergashev, A.Choriyev, Sanjar Choriyevlar rahbarlik qilganlar. Ayni paytda kafedra mudiri: falsafa fanlari doktori (DSc), professor Bekmurodova Gulshoda Hayitovna.
"Kafedrada “Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi” va “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzulari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik (DSc), 20 dan ortiq falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozir kunda kafedrada 3 falsafa doktori(DSc) hamda 11 ta falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. 2021-2025 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy-uslubiy ishlar nashrt ettirilib borilmoqda. Jumaladan, 5 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq o‘quv-uslibiy qo‘llanmalar hamda ilmiy risolalar nashr qilingan. Shuningdek, muntazam ravishda “Web of sceince” xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi ilmiy nufuzli jurnallar hamda OAK jurnallarida ilmiy maqolalar nashr qilib borilmoqda."
Kafedra bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan. Kafedra ilmiy tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam olib borish uchun Moskva Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, BelGU, TurinPU, SamDU, BuxDU, TerDU va boshqa muassasalar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP